Korxona faoliyati va predmeti
  • Jamiyatning asosiy faoliyat doirasi O'zbekiston Respublikasi, MDH va boshqa mamlakatlar hududida engil avtomobil, avtobus, furgonlarning qismlarini va boshqa maxsulotlarini ishlab chiqarishi, sotib olishi, terish, yig'ish, marketing qilinishi, taqsimlanishi va sotilish orqali moliyaviy–xo'jalik faoliyatini muvofiqlashtirish, uning samarali ishlashini tashkil etish bilan xizmat ko'rsatish hisoblanadi.
  • O'z faoliyatining maqsad va vazifalariga erishish uchun Jamiyat quyidagi faoliyat turlarini amalga oshiradi:
  • Fuqaro, korxona, tashkilot va muassalarga mahsulot ishlab chiqarish va sotish, ish bajarish va xizmat ko'rsatish;
  • Savdo-vositachilik, savdo-sotiq faoliyati bilan shug'ullanish;
  • Ma'lumot va reklama xizmatlarini ko'rsatish;
  • Xalq iste'mollarini sotib olish, ishlab chiqarish, tayyorlash va sotish;
  • Ishlab chiqarish, texnik, ilmiy, konsultativ, konsalting, marketing, savdo lizingva boshqa turli xizmatlarni bajarish;
  • Belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;