Komplanes

"Uz-Dong Won co" QK AJ  bosh direktorining

MUROJAATI

Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!

Korrupsiya transmilliy jinoyat sifatida mamlakatlar hukumati va dunyo hamjamiyatini tashvishga solmoqda.

Bu muammo albatta Oʻzbekistonni ham birdek tegishli boʻlib, korxonamiz ishchi xodimlari ham befaraq boʻlmasliklari, qarshi kurashda mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan korrupsion omillarga barham berishga qaratilgan keng koʻlamli huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga faolroq javob qaytarishimiz lozim.

Korxonamizda ham shu jamiyatning bir aʼzosi sifatida “Korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati”, “Odob-axloq kodeksi”, “Manfaatlar toʻqnashuvini boshqarish siyosati” kabi 15 dan ortiq korrupsiyaga qarshi kurashishga qaratilgan ichki meʼyoriy hujjatlar va tartib-qoidalar qabul qilindi.

Shuningdek, korxonada ilgʻor xalqaro standartlarga asoslangan komplayens ichki nazorat tizimi joriy etildi.

Mehnat va xoʻjalik munosabatlarida  manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashishda preventiv choralarni kuchaytirish va mazkur yoʻnalishdagi bilimlarni oshirish maqsadida ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablari bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etilmoqda.

Jamoamiz, Oʻzbekiston xalqi va hamkorlarimiz oldidagi korxonamizga yuklangan masʼuliyatni anglagan holda korrupsiyaning har qanday koʻrinishi va holatlariga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha barcha saʼy harakatlar amalga oshirilmoqda.

«Uz-Dong Won co» QK AJ oʻz navbatida, oʻz zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni vijdonan bajarilishi va qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini kafolatlaydi.

Shunday ekan, Barchamiz korrupsion holatlarni oldini olish
va unga chek qoʻyish uchun masʼul ekanligimizni anglashimiz zarur.

Barchani, ayniqsa hamkasb va hamkorlarimizni ish yuritishda xalqaro standartlarga hamda korrupsiyaga qarshi tamoyillarga rioya qilishga va shubha tugʻilgan taqdirda, ehtimoliy qonunbuzarliklar haqida bizga xabar berishga yana bir bor chorlab qolamiz.

 

Hurmat bilan

Korxona bosh direktori: Q.N.Sotiboldiev

-----

Komplayens – ingliz tilidan tarjima qilinganda «muvofiqlik» degan ma’noni anglatadi.

«Uz-DongWonCo» AJ qo'shma korxonasi samimiylik, hallollik hamda ahloq qoidalarini muhim qadriyat deb sanaydi. Biz biznesimizni halollik va ahloq me’yorlariga amal qilgan holda amaldagi qonunchilikka muvofiq olib borishga harakat qilamiz.

Ushbu maqsadda Korxona ahloq va Komplayens Kodeksi hamda Komplayens bo‘yicha Yo‘riqnomani qabul qildi, Korxonaning barcha xodimlari, xususan, direktorlar, bo‘lim boshliqlari, menedjerlar, shuningdek fuqaroviy-huquqiy kelishuv asosida faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar ularga amal qilishga majbur.