Andijon tuman Kunji qishlog’i A.Ismoilov massivi hududida joylashgan AJ “Uz-Dong Won Ko” qo’shma korxonasiga tegishli o’zini hududiga qo’shimcha po’lat quvurlar liniyasi uchun ishlab-chiqarish sexi qurish uchun tanlov e’lon qiladi.

Pudratchi tashkilotlar o‘z tijoriy taklifingiz bilan qatnashishingiz so‘raladi.

 

 

       Buyurtmachi : AJ «Uz-Dong Won Ko» qo‘shma korxonasi.

       (Asaka shahar, Fargona ko’chasi, 57-uy. Tel : (+99874) 232 53 28, (+99874) 224 00 30, elektron pochtasi : info@uzdwn.uz

    

        Xizmat ishini bajarib berish nomi: po’lat quvurlar liniyasi uchun ishlab-chiqarish sexi qurish.

      

        Moliyalashtirish: Tashkilot  o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiradi.

  1. Tanlov savdosida qatnashish uchun talabgorlar moliyaviy barqaror, ishlar (xizmatlar)ni bajarish uchun zarur bo‘lgan mexanizmlar va malakali mutaxassislari bo‘lishi talab etiladi.
  2. Tanlovda qatnashish istagini bildirgan talabgorlar kamida 6 oy faoliyat ko‘rsatgan bo‘lishi kerak.
  3. Tanlovga tijoriy takliflar  26.04.2024 yil soat 15:00 ga qadar  yopiq konvert shaklida qabul qilinadi.
  4. To‘liq ma’lumotni korxonaning qurilish bo’yicha mas’ul hodimlaridan olishingiz mumkin.
Kiritilgan sana: 22.04.2024 Muallif: Admin